Attestatsiyaga tayyorgarlik Ikramova bilan
Baynalminallik
("inter" - orasida, oʼrtasida, birgalikda, aro, "nation" - xalq) oʼzga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, anʼanalari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos maʼnaviy-axloqiy fazilat.
Maqsad
(arabcha "niyat", "oliy tilak", "intilish") - erishish, amalga oshirish uchun koʼzda tutilgan narsa, murod, muddao.
Hayfsan berish
Bu oʼquvchining maʼlum xatti-harakatlarini qatʼiy choralar asosida baholash. Аgar bu tanbeh berish va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, unga bu jazo turini eʼlon qilish mumkin.
Tanbeh berish
Eng muhim jazo chorasi boʼlib, oʼqituvchi oʼquvchiga yuzma-yuz turib bu jazo turi qo'llaniladi va buni kundaligiga yozib qoʼyish mumkin.
Tilak
Havas intilishning shunday bir turidirki, bunda kishi faqatgina qanday maqsadga intilayotganligini biladi, lekin bu maqsadga erishish yoʼllarini aniq bilmaydi.
Uyaltirish
Oʼquvchining maʼlum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun masʼul boʼlgan subʼektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va b.) oldida baho berish usuli.
Istak
Shaxs tomonidan ehtiyojning yetarli darajada anglanganligi bilan tavsiflanuvchi faoliyat ragʼbati (motivi).
Iroda
Shaxsning aniq maqsad sari ongli ravishda olgʼa intilishi, zoʼr berib harakat qilishi.
Jazolash
Shaxsning hatti-harakati, faoliyatiga salbiy baho berishdir.
Dunyoqarash
Shaxsning tabiatga, jamiyatga va oʼzining ijtimoiy muhitdagi oʼrniga, oʼz-oʼziga, turli voqeliklarga munosabatini belgilab beradigan qarashlari, eʼtiqodi, hayotiy tajribasi va faoliyat tamoyillarining tizimi.
Ogohlantirish
Sodir etilishi mumkin boʼlgan muayyan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida qoʼllaniladigan tarbiyaviy usul.
Xohish toʼla anglangan intilishdir. Bunda faqat intilishning maqsadi va uni amalga oshirish vositalarigina emas, balki maqsadni amalga oshirish imkoniyati, maʼlum bir maqsadda harakat qilishga tayyor va qilinadigan harakatlardan kelib chiqadigan natijalar ham anglashiladi
U toʼla anglangan intilishdir. Bunda faqat intilishning maqsadi va uni amalga oshirish vositalarigina emas, balki maqsadni amalga oshirish imkoniyati, maʼlum bir maqsadda harakat qilishga tayyor va qilinadigan harakatlardan kelib chiqadigan natijalar ham anglashiladi.
