iqtisodiy tahlil
. Yerdan samarali foydalanish deganda nima tushuniladi?
1 gektar yoki 100 gektar hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmining oshishi
Suvdan samarali foydalanish deganda nima tushuniladi?
1 ming m3 suv hajmi hisobiga olingan mahsulot hajmining ortishi
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning nechanchi shakli hisoblanadi?
1-shakl
«Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida Nizom» qachon qabul qilingan?
1999 yil 5 fevral
Pul oqimlari to'g'risida hisobot moliyaviy hisobotning nechanchi shakli hisoblanadi?
4-shakl
Rentabellik ko'rsatkichlari necha turga ajratiladi?
5
Xususiy kapital to'g'risida hisobot moliyaviy hisobotning nechanchi shakli hisoblanadi?
5-shakli
Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi Nizomga ko'ra asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foydani aniqlash tartibi
AFF=YaF-DX+AFBD-AFBX
Tovar-moddiy zahiralar haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashni qaysi usullaridan foydalaniladi?
AVECO, FIFO
Fond qaytimi (FQ) ko'rsatkichi qanday aniqlanadi?
FQ=YaM/AIF
Fond sig'imi (FS) ko'rsatkichi qanday aniqlanadi?
FS=AIF/YaM
Materiallar qaytimi (MQ) ko'rsatkichi qanday aniqlanadi?
MQ=YaM/MX
Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi Nizomga ko'ra sof foydani aniqlash tartibi
SF=STF-FS-BST
Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi Nizomga ko'ra soliqlar to'langunga qadar bo'lgan foydani aniqlash tartibi
STF=UXF+FF-FZ
Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi Nizomga ko'ra umumxo'jalik faoliyatidan olingan foydani aniqlash tartibi
UXF=AFF+MD-MX
Mehnat unumdorligining bevosita ko'rsatkichi formulasi
V=Q/T
Mehnat unumdorligining bilvosita ko'rsatkichi formulasi
V=T/Q
Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi Nizomga ko'ra mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani aniqlash tartibi
YaF=MST-IX
Mehnat unumdorligi deganda nima tushuniladi?
aniq vaqt birligi (1 kishi-soat yoki 1 kishi-kuni) hisobiga yetishtirilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmi
Uzoq davom etadigan vaqt mobaynida moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qilinadigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalanadigan moddiy aktivlar.
asosiy vositalar deyiladi
Balansning uzoq muddatli aktivlar bo'limida nimalar aks ettiriladi?
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo'yilmalar
Korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini qiymat o'lchovida bahosini aniqlash usuliga nima deyiladi?
baholash
Asosiy vositalar tarkibini ko'rsating
bino, inshoot, transport vositalari, mahsuldor hayvon, mebel jihozlari
Tahlil deganda -...
bir butun jarayonni alohida bo'laklarga bo'lib o'rganish tushuniladi
Fond qaytimi (FQ) ko'rsatkichi nimani ifodalaydi?
bir so'mlik asosiy fondlar hajmi hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmini
. Fond sig'imi (FS) ko'rsatkichi nimani ifodalaydi?
bir so'mlik yalpi mahsulot hajmiga to'g'ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari summasini
Mehnatning fondlar bilan qurollanish koeffitsiyenti
bir xodim hisobiga to'g'ri keladigan asosiy fondlar hajmini ifodalaydi
Xo'jalikning asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta'minlanish koeffitsiyenti
bir yoki yuz gektar hisobiga to'g'ri keladigan asosiy ishlab chiqarish vositalari hajmini ifodalaydi
Yerdan foydalanish samaradorlik ko'rsatkichlarini aniqlang
bir yoki yuz gektar hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof foyda
FIFO usulining ma'nosi nimani anglatadi?
birinchi kirim, birinchi chiqim (first income, first out)
Moliyaviy barqarorlik ahvolini o'rganish va tahlil etishning asosiy manbai
buxgalteriya balansi
Hisob va hisobot ma'lumotlarni aniqlang?
buxgalteriya hisobi, statistik hisob, tezkor hisob ma'lumotlari
Tahlilning axborot manbalari
buxgalteriya hisobi, statistika hisobotlari va biznes reja ma'lumotlari
Muayyan aktivni foydalanishdan yaqin kelajakda olinishi taxmin qilinayotgan iqtisodiy naflar yig'indisi nima deb ataladi?
diskontlangan qiymat
Xo'jalik faoliyati natijalariga ta'sir qiluvchi intensiv omillarni ko'rsating.
ekinlar hosildorligi va chorva mollari mahsuldorgi
Omillarning ta'sir qilish harakteri bo'yicha tasniflanishi
ekstensiv va intensiv omillar
Omilli tahlil deb nimaga aytiladi?
faoliyat natijasining o'zgarish sabablarini omillar hisobiga aniqlashga
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorlik ko'rsarkichlari
fond qaytimi, fond sig'imi, fond rentabelligi
. Tahlil so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?
grekcha olingan bo'lib, ajratish, bo'laklash, parchalash kabi ma'nolarni anglatadi
Tahlil so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?
grekcha olingan bo'lib, ajratish, bo'laklash, parchalash kabi ma'nolarni anglatadi
O'simlikchilikda bir gektardan olingan hosil - bu..
hosildorlik
Suvdan foydalanish samaradorlik ko'rsatkichini aniqlash tartibi
hosildorlik bir gektarga sarf bo'lgan suv hajmiga bo'linadi
Korxona aktivlari va majburiyatlarini haqiqatda mavjudligini hisob ma'lumotlari bilan taqqoslash jarayoniga nima deyiladi?
inventarizatsiya
Iqtisodiy ko'rsatkichlar deb nimaga aytiladi?
iqtisodiy jarayonlarni ifodalaydigan miqdor va sifat ko'rsatkichlar
Tahlilning iqtisodiy fanlar bilan bog'liqligini bildiruvchi guruh fanlarini aniqlang?
iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiyot, statistika, audit
Xo'jalik faoliyatining tahlili - bu..
iqtisodiyotni mikroiqtisodiyot darajasida o'rganishni ifodalovchi tahlildir
Kalkulyatsiya nima?
ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini aniqlash hisob-kitobi
. Mahsulot tannarxining o'zgarishiga bevosita ta'sir etuvchi omillar
ishlab chiqarish xarajatlari, hosildorlik
Rentabellik ko'rsatkichi nimani ifodalaydi?
ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan olingan foyda hajmini
O'simlikchilikda yalpi hosil qandan aniqlanadi?
jami ekin maydoni bir gektardan olingan hosilga ko'paytiriladi
Mahsulot tannarxi qanday aniqlanadi?
jami xarajat mahsulot miqdoriga bo'linadi
Tahlilda natija deganda qanday ko'rsatkich tushuniladi?
jarayonlar natijasini ifoda etuvchi iqtisodiy ko'rsatkich.
Omillar deganda qanday ko'rsatkichlar tushuniladi?
jarayonlar natijasining o'zgarishiga ta'sir qiluvchi iqtisodiy ko'rsatkichlar
Tahlil o'tkazish shakllarini aniqlang.
kompleks, omilli, moliyaviy tahlillar
Rentabellik deganda nima tushuniladi?
korxonaning foydalilik, daromadlilik darajasi tushuniladi
Korxona tomonidan boshqa korxona va tashkilotlarga to'lanishi zarur bo'lgan majburiyatlarga...
kreditorlik qarzlari deyiladi
Iqtisodiy axborotlar deganda nima tushuniladi?
ma'lumotlarni jamlash va qayta ishlash natijasida olingan ma'lumotlar tushuniladi
Chorvachilikda olingan mahsulot birligi- bu..
mahsuldorlik
Xo'jalik faoliyatining natijasiga ta'sir qiluvchi ob'yektiv omillarni aniqlang
mahsulot bahosi, tabiiy sharoit
Mahsulot tannarxi deb nimaga aytiladi?
mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarning puldagi ifodasiga
Tahlilning maqsadi
mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish va samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash
Sotilgan mahsulotlar rentabelligini aniqlash tartibi
mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foydani 100 ga ko'paytirib, sotilgan mahsulotlar ishlab chiqarish xarajatiga bo'lish kerak
Tahlilni ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni o'rganish bo'yicha guruh turlarini aniqlang
makroiqtisodiy tahlil, mikroiqtisodiy tahlil
Bir so'mlik moddiy xarajatlar hisobiga yetishtirilgan mahsulot hajmi deganda nima tushuniladi?
materiallar qaytimi (MQ)
Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichlari
materiallar qaytimi, materiallar sig'imi, materiallar rentabelligi
Mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'lgan insonlar deganda
mehnat resurslari tushuniladi
Mehnat resurslaridan foydalanishning eng asosiy ko'rsatkichi
mehnat unumdorligi
Hodisa va jarayonlarga ta'sir qiluvchi sifatiy omillarni aniqlang
mehnat unumdorligi, rentabellik
Tahlilda qo'llaniladigan ko'rsatkichlarni mazmuni bo'yicha turlarini aniqlang?
miqdor ko'rsatkichlari, sifat ko'rsatkichlari
Omillarni hodisa va jarayonlarni ifoda etish bo'yicha tasniflang.
miqdoriy va sifatiy omillar
. Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan materiallar qiymatlarining yig'indisi deganda nima tushuniladi?
moddiy resurslar
Korxonalarning moliyaviy holatiga baho berishdagi asosiy ko'rsatkich
moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti
Korxonaning yil davomidagi faoliyati natijasida olgan foydasi yoki ko'rgan zarari
moliyaviy natija
Moliyaviy hisobotning 2-shakli qanday nomlanadi?
moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot
Tahlilda qo'llaniladigan ko'rsatgichlarni ifodalash shakli bo'yicha turlarni aniqlang?
mutloq ko'rsatkichlar, nisbiy ko'rsatkichlar
Omil nima?
natijaga ta'sir qiluvchi miqdorlar
Tahlilning asosiy shakllaridan biri bo'lgan omilli tahlilning mazmuni.
natijaga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlab, ularning ta'sirini aniqlash usullari majmuasi
Xo'jalik hisobida qo'llaniladigan o'lchov birliklari.
natura, mehnat, pul
Sof pul tushumining o'zgarishiga ta'sir etuvchi sifatiy omil ====
o'rtacha sotish bahosi
Sotilgan mahsulotlar rentabelligining o'zgarishiga ta'sir etuvchi omillar
o'rtacha sotish bahosi, mahsulot tannarxi
Tahlilning predmeti?
ob'yektiv va sub'yektiv omillar ta'siri ostida yuzaga keladigan iqtisodiy jarayonlar va ularning natijalari
. Tahlilning predmeti bo'lib nimalar hisoblanadi?
ob'yektiv va sub'yektiv omillar ta'sirida yuzaga kelgan va kelayotgan jarayonlar
Induksiya deganda nima tushuniladi?
omillardan natijaga qarab o'rganish tushuniladi
LIFO usulining ma'nosi nimani anglatadi?
oxirgi kirim, birinchi chiqim (last income, first out)
Tahlilning metodi deganda nima tushuniladi?
predmetni mahsus usullari yordamida o'rganish tushuniladi
Buxgalteriya hisobi obyektlari qaysi o'lchov birligida baholanadi?
pul
Sof pul tushumining umumiy o'zgarishini aniqlash formulasi
q1*p1-q0*p0=+_
Mahsulotning tovarlilik darajasi qanday aniqlanadi?
sotilgan mahsulot miqdori yetishtirilgan mahsulot miqdoriga bo'linadi
Hisobot yilidagi yalpi hosil miqdorini bazis yilidagi yalpi hosil miqdoridan chegirishda qaysi usul qo'llaniladi?
taqqoslash usuli
Balansning joriy aktivlar bo'limida nimalar aks ettiriladi?
tayyor mahsulot, materiallar, pul mablag'lari
Tahlilda qo'llaniladigan ko'rsatkichlarning foydalanish doirasi bo'yicha turlarni aniqlang?
umumiy ko'rsatkichlar, maxsus ko'rsatkichlar
Deduksiya deganda nima tushuniladi?
umumiylikdan xususiylikka qarab o'rgarish tushuniladi
Balansning o'z mablag'lari manbalari bo'limida nimalar aks ettiriladi?
ustav fondi, qo'shilgan kapital, zahira kapitali
Balansning majburiyatlar bo'limida nimalar aks ettiriladi?
uzoq va qisqa muddatli bank kreditlari, kreditorlik qarzlar
Istiqbolli tahlil deganda nimani tushuniladi?
xo'jalikning kelgusi faoliyatini o'rganish uchun o'tkaziladigan tahlil
O'simlikchilik va chorvachilikning barcha sohalarida yetishtiriladigan natura mahsulotlarining miqdori
yalpi hosil
Ishlab chiqarishni ifodalovchi ko'rsatkichlarni aniqlang?
yalpi mahsulot, yalpi hosil, hosildorlik, mahsuldorlik
. Jarayonlarga ta'sir qiluvchi ekstensiv omillarni aniqlang.
yer maydoni va chorva mollari sonining ko'payishi
Tahlilning tamoyillari?
yondoshish, ilmiylik, komplekslik, rejalilik, samaradorlik
Bir so'mlik ishlab chiqarilgan mahsulot uchun sarf bo'lgan moddiy xarajatlar summasi nimani ifodalaydi?
# materiallar sig'imi (MS)
